1 noyabr holatiga ko‘ra dunyo miqyosida COVID-19 qurbonlari soni 5 milliondan oshdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 1950 yildan beri urushlarda halok bo‘lganlar soniga teng. COVID-19 testi o‘tkazish imkoniyatining cheklanganligi hamda odamlar uy sharoitida tibbiy yordamsiz halok bo‘layotgani sababli bu raqamlar haqiqiy holatni aks ettirmasligi mumkin.
«O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko 42 yoshida vafot etdi. Uning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xodjayev 44 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
Taniqli teatr va kino aktyori, O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori Fatxulla Ma’sudov 57 yoshida vafot etdi. U koronavirusga chalingan edi.
«Rasmiy statistikaga ishonmang, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang». Kinorejissyor Sarvar Karimov koronavirusga chalingan otasining vafot etganini ma’lum qildi. Uni bir hafta davomida «tez yordam»ga joylashtira olishmagan. Hozirda butun oilasi uyda COVID-19 dan davolanmoqda.
Toshkentda koronavirusga chalingan er-xotin hayotdan ko‘z yumdi. Kun davomida 4, umumiy 67 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylandi.
Toshkentda qandli diabet va jigar serrozi bilan og‘rib kelgan 65 yoshli bemor ayol koronavirusga chalinib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 tufayli olamdan o‘tganlar soni 62 nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting